21:20 / 27.09.2017
23070

Sirdaryo shahrida 9ta do‘kon yonib ketdi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo shahridagi savdo do‘konlari qatorida 23 sentabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston IIV matbuot xizmati

Shaharning O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: O‘zbekiston IIV matbuot xizmati

Yong‘in oqibatida jami 9ta savdo do‘konining 280 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va jihozlari yongan.

Foto: O‘zbekiston IIV matbuot xizmati

«Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, yong‘in sababi aniqlanmoqda», — deyiladi vazirlik xabarida.

Top