19:56 / 27.09.2017
30113

Video: Chak Norrisning yagona haqiqiy jangi. Kim g‘olib bo‘lganini topa olasizmi? 

Foto: Hitek

Mashhur Chak Norris AQShda klassik brazilcha jiu-jitsuning dastlabki muxlislaridan biri bo‘lganligini juda kam odam biladi. Texaslik buyuk reynjyer 1980-yillarda Karlos Machadoning rahbarligida ushbu jang san'atini o‘rgangan va 1988 yilda brazilcha jiu-jitsu uslubining asoschilaridan biri bo‘lgan Eli Greysining oldiga chiqadi.

Denni Leyn (o‘sha vaqtda Chak Norrisning bosh yo‘riqchisi) tomonidan videoga olingan ushbu seminarda Greysi klanini to‘liq tarkibda ko‘rishingiz mumkin - bu yerda Rorion, Relson, Rikson, Roys, Rentso va Karlos Machadoning o‘zi bor.

Video Greysining jang uslubi naqadar samarali ekanligini ko‘rsatadi. Qora belbog‘ egasi bo‘lgan Chak Norris Rikson oldiga chiqadi va butun tomosha juda qisqa vaqt davom etadi.

Helio Greysining o‘g‘li Rikson Greysi 18 yoshida brazilcha jiu-jitsuda qora belbog‘ini oladi. Bir necha yildan so‘ng UFC shon-sharaf zaliga kirdi va kuchli jangchilar ustidan ketma-ket g‘alaba qozongani bilan mashhur bo‘lib ketdi.

Mavzuga oid
Top