20:40 / 28.09.2017
44576

AQShda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik topildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu york shahrida 3 avgust kuni bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik 54 yoshli Ahmedov Sobir 27 sentabr kuni topilgani haqidagi xabarlar tasdiqlandi. KUN.UZ muxbiri asli samarqandlik Sobir akaning AQShdagi qizi Feruza bilan bog‘landi. 

“Allohga shukr, hozir hammasi yaxshi, otamning to‘rt muchasi sog‘. O‘zi bemalol kirib chiqib yuribdi. 3-4 kundan keyin o‘zim istiqomat qilayotgan Ohayo shtati Sinsinatti shahriga olib ketaman. Kechirasiz, bundan ortiq muloqot qila olmayman”, - dedi Feruza muxbir bilan suhbatda. 

Uning aytishicha, turli saytlarda har xil gap-so‘zlar chiqayotgan bo‘lishi mumkin, ammo, ularning aksariyati asossiz.

Eslatib o‘tamiz, Sobir Ahmedov 3 avgust kuni Nyu Yorkka yetib borgan va shu kuni yo‘qolgan. Uning 54 kun davomida qayerda bo‘lgani xususida qizi Feruza keyinroq qo‘shimcha ma'lumot berishini bildirdi. 

U, shuningdek, otasining taqdiriga befarq bo‘lmaganlarga minnatdorlik bildirdi. 

Top