23:21 / 28.09.2017
4644

Avstraliyalik ayol saraton haqidagi yolg‘onlari uchun 320 ming dollarlik jarimaga tortildi

Avstraliyaning Melburn federal sudi sudyasi Debra Mortimerga uning kitobi va dasturidan foydalanganlarni aldagani uchun 410 ming Avstraliya dollari (320 ming AQSh dollari) miqdorida jarima soldi. 

Gibson va'dasini bajarmay, o‘z dasturi va o‘tkazilgan tadbirlardan olingan mablag‘larni xayriya maqsadlariga jo‘natmaganlikda ayblangan.

Gibsonga qarshi ish u saraton bilan kasallanib, diyeta yordamida davolangani haqidagi voqeani to‘qib chiqarganini tan olgandan keyin qo‘zg‘atilgan. Bu voqeaga uning dasturi, vesb-sayti va kitobi bag‘ishlangan bo‘lgan.

Yolg‘on fosh bo‘lgandan keyin, Apple o‘z do‘konidan Gibson dasturini o‘chirib tashlagan. Penguin nashriyoti esa AQSh va Buyuk Britaniyada uning ktobini qayta chop etishdan bosh tortgan.

Mavzuga oid
Top