10:17 / 28.09.2017
7983

Tsukerberg Trampning Facebook tarmog‘ini tanqid qilganiga javob berdi

Foto: AP

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu ijtimoiy tarmoq unga nisbatan dushmanona siyosat yuritayotgani haqidagi da'volarini rad etdi. 

Avvalroq Tramp Facebook tarmog‘ini o‘ziga nisbatan til biriktirganlikda ayblagan edi. "Facebook har doim Trampga qarshi bo‘lgan. Tarmoq doimo Trampga qarshi kayfiyatda bo‘libkelgan, soxta xabarlar, The New York Times (uzr so‘radi) va The Washington Post Trampga qarshi edi. Til biriktirishdir? Ammo xalq Tramp tomonda bo‘ldi. Aslida hech bir prezident biz 9 oyda qilgan ishlarni amalga oshirgani yo‘q. Iqtisodiyot ko‘tarilmoqda", - deb yozgan prezident Twitter sahifasida.

Tsukerberg bunga javoban Facebook sahifasida javob qaytardi. "Tramp Facebook unga qarshiligini aytmoqda. Liberallar esa bizni Trampga yordam berganimizni aytishmoqda, - deb yozgan u. – Ikkala tomon ham o‘zlariga yoqmagan g‘oya va ma'lumotlardan xafa bo‘ladi. Hamma uchun ochiq platformani boshqarish nimani anglatishi mana shudir".

Ijtimoiy tarmoq asoschisining qayd etishicha, Facebook AQShda bo‘lib o‘tgan so‘nggi prezidentlik saylovlarida ancha ijobiy o‘rin tutgan. Bu safar internet nomzodlarning jamoatchilik bilan muloqot qilishining asosiy vositasi bo‘ldi, degan Tsukerberg. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar Facebook tarmog‘ida saylovlarga bog‘liq har bir jihatni muhokama qilishdi. Xususan, OAVda yoritilmagan mavzular ham e'tibordan chetda qolmagan. Bundan tashqari, saylovoldi kampaniya ishtirokchilari o‘z g‘oyalarini fuqarolarga yetkazish maqsadida "onlayn-reklama uchun yuz millionlab dollar sarflashdi" va bu "har qanday muammoli reklama roligidan oshib tushadi", - deb qayd etgan Tsukerberg. 

Mavzuga oid
Top