20:10 / 28.09.2017
12596

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Foto: Flickr / European Bank for Reconstruction and Development

2017 yil 28 sentabr kuni Toshkent shahriga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjyenkova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Unda ma'lum qilinishicha, delegatsiya tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, tashqi ishlar, moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirliklari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.

YeTTB delegatsiya, shuningdek, Navoiy shahriga tashrif buyurib, u yerda “Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kichik va o‘rta biznes sub'yektlari bilan hamkorlik mexanizmlari” trening-seminarida ishtirok etadi.

Mavzuga oid
Top