15:10 / 28.09.2017
11027

G‘isht zavodida ishlovchi yigitlar 62 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni o‘g‘irlab ketishdi

Chinoz tumanida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor sa'y-harakatlari sabab fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bergan.

Qayd etilishicha, 2017 yil 8 sentabr kuni noma'lum shaxslar Chinoz tumani Olmazor qo‘rg‘oni hududida joylashgan “Magnat perfect brick” MChJga tegishli g‘isht ishlab chiqarish zavodidan jamiyat balansida turgan umumiy narxi 62 million 600 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklarini o‘g‘irlab ketgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni shu zavodda ishlovchi, T.K., D.I. va S.E.lar tomonidan sodir etganligi aniqlandi.

Mazkur jinoyatni fosh etish maqsadida xodimlar tomonidan olib borilgan sa'y-harakatlar o‘z samarasini berdi. Jinoyatchilar aniqlanib ushlandi, o‘z o‘rnida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanib borilmoqda.

Top