20:20 / 28.09.2017
20402

IPhone X’ning jiddiy kamchiligi ma'lum qilindi

Foto: apple-iphone.ru

Agar IPhone X smartfonidan bolalar foydalanishsa, uning yuzni tanish funksiyasi FaceID noto‘g‘ri ishlaydi, deb aytildi Apple’ning saytida FaceID’ga berilgan yo‘riqnomada.

Identifikatsiya tizimi agar smartfon foydalanuvchisi 13 yoshdan kichik bo‘lsa, telefon egasini adashtirib qo‘yishi mumkin. Bu esa bolalarda hali yuz qiyofasi yetarlicha shakllanmagani va telefondagi datchiklar ularni o‘qiy olmasligi bilan bog‘langan.

Agar gadjyet egasida uning egizi bo‘lsa, unda telefonning yanglish ochilishi xavfi yuqori bo‘lib qoladi. Kompaniya bunday vaziyatlarda oddiy PIN-kod yoki paroldan foydalinishni tavsiya qilmoqda.

Yo‘riqnomada ta'kidlanishicha, aksariyat vaziyatlarda FaceID funksiyasi barmoq izi bilan ochishdan ko‘ra aniqroq ishlaydi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, xato ehtimoli 1:1000000 nisbatni tashkil qiladi. 

Top