13:30 / 28.09.2017
9678

Siyosiy mojaro tufayli KXDR va Malayziya uchrashuvi bekor qilinishi mumkin

Foto: Reuters

Osiyo kubogi uchun saralash bosqichi doirasidagi KXDR va Malayziya terma jamoalari o‘rtasida 5 oktabr kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan uchrashuv bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bunga Malayziya fuqarolari KXDRga kirishi taqiqlangani sabab bo‘lishi mumkin.

Oldinroq, ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar keskinlashuvi natijasida mazkur uchrashuv belgilangan muddatidan bir necha marta ortga surilgandi. Avvaliga uchrashuv 8 iyunga ko‘chirilgan, ammo Osiyo futbol konfederatsiyasi Malayziyaning uchrashuvni neytral maydonda o‘tkazish bo‘yicha iltimosini qondirmagandi. 

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashuviga Kuala-Lumpur aeroportida KXDR rahbari Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘ldirib ketilishi sabab bo‘lgandi.

Top