13:50 / 29.09.2017
28209

Andijonda er o‘z xotinini o‘ldirdi

2017 yil 16 sentabr kuni soat 22.30larda Andijon viloyati Jumabozor MFY, Bo‘taqora ko‘chasi, 41-uyda 1 nafar farzandi bor uy bekasi, 1975 yilda tug‘ilgan Q.H.ning yashash uyida bo‘yin sohasi qizargan holatda jasadi topilgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB matbuot xizmati xabar berdi.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayol qattiq to‘ntoq jism bilan qisilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfektsiya natijasida vafot etgan. Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Q.H.ning turmush o‘rtog‘i - 1975 yilda tugilgan Q.H. sodir etganligi aniqlandi. 

U viloyat IIB JKB hamda GTPX va JTSB 2-otryad xodimlari tomonidan shahar hududida ushlandi va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida Andijon shahar IIB VSXga joylashtirildi. 

Hozirda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Top