21:32 / 29.09.2017
5069

Xitoy hukumati elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha majburiy kvotalar kiritmoqda

Foto: EAST NEWS

Xitoy hukumati qazib olinuvchi yonilg‘ida ishlovchi avtomobillar ishlab chiqaruvchilari kam yoki nol miqdorda karbonat angidrid chiqaruvchi transportni yaratish hisobiga "kredit" olishlari kerak bo‘ladi. Yangi qoida yil davomida ichki yonuv dvigateliga ega 30 mingtadan ko‘proq avtomobil yig‘adigan yoki import qiladigan kompaniyalarga qo‘llanadi. Bu haqda Verge va Nikkei Asian Review nashrlari xabar bermoqda.

Endi avtomobilsozlik kompaniyalari quyidagi kvotalarga muvofiq kelishlari kerak bo‘ladi: 2019 yilgacha kompaniyalar ishlab chiqaradigan avtomobillarning kamida 10 foizi, 2020 yilgacha esa kamida 12 foizi elektrda yuruvchi bo‘lishi kerak. Aks holda kompaniyalar jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi. Boshqa bir variant – elektromobillarning zarur darajasidan ko‘proq avtomobil ishlab chiqargan kompaniyalardan kvotalar sotib olish bo‘ladi. Xitoy ayni vaqtda dunyodagi eng katta avtomobil bozori hisoblanadi, shu sababli Honda va Volkswagen kabi xorijiy kompaniyalar bu qoidaga bo‘ysunishga tayyorlar. Boshqa ko‘plab kompaniyalar, jumladan Xitoy kompaniyalari elektromobil yaratishga o‘zlari qiziqish bildirmoqdalar va yangi kvotalar ularga qo‘shimcha foyda keltirishini kutmoqdalar.       

Xitoy havosining anchagina ifloslanganidan aziyat chekadi. Misol uchun, Pekin va Shanxayda ifloslanganlik juda yuqori va Xitoy shu sababli ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillardan sekin-asta voz kechishga intilmoqda. 

Xitoy aholisi hukumatning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qadamlarini hozircha uncha qo‘llab-quvvatlamayapti. 2016 yilda elektromobillar savdosi 500 ming mashinani tashkil qilgan va bu Xitoyning butun avtomobil bozori hajmidan 2 foizdan ham kamrog‘ini tashkil qiladi. Markaziy hukumat tomondan ekologik toza mashinalarni xarid qilishga 60 ming yuan (9 ming dollar) miqdorida subsidiya taklif qilingani ham yordam bermagan. Yangi reja esa bu javobgarlikni avtomobilsozlik kompaniyalari zimmasiga yuklamoqda. Oxir natijada Xitoy 2025 yilgacha elektromobillar savdosi umumiy savdo hajmidan 20 foizni tashkil qilishiga intilmoqda.

Top