20:00 / 29.09.2017
33407

Tojikistonliklar O‘zbekistondagi zilzila kuchini sezishdi

Bugun, 29 sentabr kuni Tojikiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 18:50da zilzila kuzatildi. Tojikistonliklar xuddi shu vaqtda O‘zbekistonning sharqiy qismida sodir bo‘lgan zilzila kuchini sezishgan.

Yevropa—O‘rta Yer seysmik markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Jizzax shahridan 43 kilometr janubi-sharqda, Zomindan esa 27 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.

Yerosti silkinishlari magnitudasi episentrda 5,1 ni tashkil etgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Mavzuga oid
Top