09:23 / 30.09.2017
6021

ABC: AQShda ayiq ishtirokidagi YTHda 3kishi halok bo‘ldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yovvoyi vahshiy hayvon ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 3 kishi, shu jumladan 2 bola hayotdan ko‘z yumdi. 4 kishi jabrlandi. Bunga yo‘ltanlamasning ayiqni urib yuborgani sabab bo‘ldi. 

Hodisa Kolorado shtati Rayfl shahri yaqinidan o‘tuvchi yo‘lda yuz bergan, deb xabar qilmoqda ABC telekanali. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobilda bo‘lgan 7 kishining barchasi bir oila a'zolaridir. Ular mashina hayvonga kelib urilganida mashinadan otilib ketgan, ularning hech biri xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lgan. Jabrlanganlarning ham jarohati ancha og‘ir. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlari ma'lum qilinmagan. 

Top