09:58 / 30.09.2017
4480

Tyananmen maydonida halok bo‘lgan qahramonlarni yodga olish marosimi o‘tkazildi

Foto: Fotolia / liondw

Xitoyning milliy va inqilobiy kurashidagi qahramonlarini yodga olish bo‘yicha tantanali marosim Pekindagi Tyananmen markaziy maydonida shanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda XXR raisi Si Tszinpin, XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan va davlatning boshqa yuqori martabali mulozimlari ishtirok etdi.

Halok bo‘lgan qahramonlar xotirasi kuni Xitoyning eng yosh milliy bayrami bo‘lib, 2014 yil 30 sentabr kuni ta'sis etilgan. Har yili Xitoy Xalq Respublikasi Ta'lim kuni arafasida, 1 oktabrda mamlakatning asosiy maydonida Milliy qahramonlar haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tyananmen maydonidagi tantanali marosimda faxriylar, Kommunistik partiyaning yuqori lavozimli a'zolari, harbiy amaldorlar, shuningdek, bu yili mamlakatdagi eng yuqori harbiy mukofot - Birinchi Avgust (Bai) ordeni bilan taqdirlangan o‘n nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi.

Mamlakatning asosiy maydonida to‘planganlar Buyuk yurish (1934-1936) ishtirokchilari, shuningdek, Birinchi opiumli urushdan keyin (1840-1842) Xitoy xalqi milliy mustaqilligi, farovonligi va osoyishtaligi uchun jonlarini fido qilganlarning xotirasini yodga oldilar. Xitoyda 20 millionga yaqin bunday qahramonlar bor.

Top