13:04 / 30.09.2017
18962

Toshkentda 2 yildan beri qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ushlandi

Foto: KUN.UZ

Toshkentda 2 yildan beri qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabarida aytiladi.

Ma'lum qilinishicha, 2017 yilning 28 sentabr kuni Yunusobod tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Sergeli tumani, O‘zgarish dahasi hududida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyatini sodir etganligi uchun 2015 yil 4 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan I.Z.R. ushlandi. 

Ta'kidlanishicha, hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top