22:51 / 01.10.2017
5727

APL. «Liverpul» mehmonda ochko yo‘qotdi, «Everton» o‘z uyida yutqazdi

Angliya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bilan tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Unda Liverpul jamoalari maydonga tushishdi.

«Liverpul» «Nyukasl» mehmoni bo‘lib, avvaliga Koutinoning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi, biroq ko‘p o‘tmay Xoselu tomonidan kiritilgan gol hisobni tenglashishiga sabab bo‘ldi.

«Everton» esa kutilmaganda o‘z uyida «Byornli»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hendrik tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarga 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirdi. E'tiborli tomoni, «Byornli» ketma-ket uchinchi marta mehmondagi uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchramadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Byornli» 12 ochko to‘plab, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi, «Liverpul» 12 ochko va to‘plar nisbatidagi yomonroq ko‘rsatkich sabab 7-o‘ringa tushib ketdi. «Nyukasl» 10 ochko bilan 9, «Everton» esa 7 ochko bilan 16-pog‘onani band etgan.

Angliya premer-ligasi, 7-tur

Nyukasl – Liverpul 1:1 (1:1)

Gollar: Xoselu (36) – Koutino (29).
Nyukasl: Elliot, Lassels, Mankilo, Yyedlin, Klark, Ritchi, Merino (Heyden, 74), Shelvi, Atsu, Peres (Diame, 90), Xoselu (Geyl, 79).
Liverpul: Minole, Matip, Moreno, Gomes, Lovren, Koutino, Xenderson, Salax (Oksleyd-Chemberlen, 84), Veynaldum, Mane (Solanke, 74), Starridj (Firmino, 74).
Ogohlantirishlar: Peres (55), Gomes (58).

Everton – Bernli 0:1 (0:1)

Gol: Hendrik (21).
Everton: Pikford, Kin, Beyns, Martina, Uilyams, Guyye, Shnayderlin (Runi, 63), Vlashich (Devis, 69), Sigurdsson, Kelvert-Lyuin, Nyasse (Sandro Ramires, 82).
Byornli: Poup, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Defur, Kork, Hendrik (Barns, 88), Breydi, Arfild, Vud.
Ogohlantirishlar: Defur (40), Arfild (42), Kelvert-Lyuin (49), Beyns (58).

Mavzuga oid
Top