08:33 / 02.10.2017
13006

Xitoyda spinner va smartfon "chatishmasi" paydo bo‘ldi

Xitoyning Chilli mobile kompaniyasi spinner va telefon gibridi ko‘rinishidagi qurilma yaratdi. 

Yangi qurilmani ham telefon, ham spinner sifatida qo‘llash mumkin. Shilli K188 deb nomlangan model 1,44 dyuymli ekranga, klaviatura va 32 megabayt xotiraga ega. 

Telefon noodatiy shaklga egaligidan tashqari, narxining juda arzonligi bilan maqtana oladi: antiqa qurilmaning narxi bor-yo‘g‘i 18 dollarni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top