11:57 / 02.10.2017
17680

Las-Vegasdagi otishmaning yangi tafsilotlari ma'lum, qurbonlar bor

Foto: AP

Las-Vegas (AQSh, Nevada shtati) shahrida Mandalay Bay Casino kazinosi yaqinidagi maydonda ro‘y bergan otishma vaqtida ikki kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohatlangan. Bu haqda Reuters manbalari shifoxona vakillariga asoslangan holda xabar bermoqda.

Dastlabki xabarlarda o‘nlab kishilar jarohatlangani aytilgandi.

Ayni vaqtda jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan 24 kishidan 12 nafarining ahvoli og‘ir.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, noma'lum shaxs maydon yaqinidagi 32-qavatli mehmonxona balkonidan turib, musiqa festivalida ishtirok etayotganlarni o‘qqa tutgan. Ayni vaqtda uni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek New York — New York va Tropicana mehmonxonalari joylashgan hududlarda ham o‘q ovozlari eshitilgan.

Mavzu
Las-Vegasdagi otishma

1 oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochildi. Jinoyatchi «Mandalay Bey» mehmonxonasining 32-qavatidagi xonada bo‘lgan va oynadan turib o‘t ochgan.

Barchasi
Top