09:06 / 02.10.2017
8137

Tramp KXDR bilan muloqotga urinishni vaqtni behuda sarflash deb baholamoqda

Foto: AP / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, davlat kotibi Reks Tillerson KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralarga kirishish borasida vaqtini sarflamoqda, xolos. Tramp Twitter sahifasida shu haqda yozdi

Amerika yetakchisi Shimoliy Koreya yetakchisini yana bir karra «raketa inson» deb atadi. Trampning qayd etishicha, AQSh alaloqibat «qilishi lozim bo‘lgan ishni amalga oshiradi».

«Men bizning ajoyib davlat kotibimiz Reks Tillersonga aytdimki, u «kichik raketa inson» muloqotga kirishish uchun behuda vaqt ketkazayapti. Kuchingni asra, Reks — biz nima qilishimiz kerak bo‘lsa, o‘shani amalga oshiramiz», — deb yozgan Amerika prezidenti. 

Mavzuga oid
Top