12:15 / 02.10.2017
13543

O‘zbekistonda ilk virtual sport arenasi ochildi

Foto: «UZ Arena»

O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federatsiyasi O‘zbekistonda birinchi «UZ Arena» kibersport arenasining ochilish marosimini o‘tkazdi. Shuningdek mazkur voqeaga bag‘ishlangan matbuot anjumanini tashkil qildi.

Matbuot anjumani birinchi navbatda Federatsiyaning davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan O‘zbekistonda virtual sportning rivojlanishiga qaratilgan masalalar bo‘yicha samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining «UZ Arena» virtual sport arenasi hamda Federatsiyaning bugungi kundagi faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida xabardor qilishga bag‘ishlandi.

Foto: «UZ Arena»

Federatsiya faoliyatining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida virtual sportni rivojlantirish va ommalashtirish, virtual sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar, sport va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazishdan iborat.

Foto: «UZ Arena»

«UZ Arena» kibersport arenasi Bunyodkor shoh ko‘chasidagi «INTEGRO» Savdo majmuasi ichida 2.300 kvadrat metrli joyga joylashgan bo‘lib, ohirgi turdagi «Sony Playstation» o‘yin qurilmalari, jahon kiber arenalarning talablariga mos bo‘lgan 50 ta superzamonaviy kompyuterlar, an'anaviy va kiber sport tadbirlarini namoyish etishga mo‘ljallangan 3 ta katta «LED» ekran hamda stol tennisi uchun maxsus joyni o‘z ichiga olgan.

Foto: «UZ Arena»

Federatsiya Prezidenti Azizbek Pattaxovning ta'kidlashicha virtual sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish, ushbu sport yo‘nalishida yurtdoshlarimiz, yoshlarimizning jahon musobaqalari, chempionatlarida qatnashishi va ulardagi muvaffaqiyatlarini ta'minlash maqsadida ushbu «UZ Arena» kibersport arenasi tashkil etildi.

Foto: «UZ Arena»

O‘tgan yili Federatsiya o‘z faoliyatini Assotsiatsiya sifatida boshlagan bo‘lsa, mana endi joriy yildan O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiberfutbol federatsiyasi sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Foto: «UZ Arena»
Foto: «UZ Arena»

O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federatsiyasi mamlakatimizda virtual sportni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shish va aholining IKT sohasiga qiziqishlarini orttirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasini bir guruh fuqarolarining tashabbuslari bilan tashkil qilingan bo‘lib, 2016 yil oktabrda nodavlat notijorat tashkiloti sifatida Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan.

Mavzuga oid
Top