01:14 / 03.10.2017
8333

Oq uyda hozir AQShda qurol sotishni muhokama qilish vaqti emasligi aytildi

Foto: REUTERS / Las Vegas Sun/Steve Marcus

Oq uydagi brifingda Oq uy vakili Sara Sanders yaqin orada qurolni erkin sotish haqida bahs-munozara albatta bo‘lishini, biroq hozir Las-Vegasdagi qurbonlar haqida o‘ylash kerakligini aytdi.

"Hozir siyosiy bahslar vaqti emas. Hozir qurbonlar haqida o‘ylash lozim. AQShda qurolni erkin sotish bo‘yicha bahs yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi va biz bu haqda ko‘proq bilib olamiz", deb aytgan Sanders.

Las-Vegasdagi otishma mahalliy vaqt bilan 1 oktabr kechki vaqt musiqa festivali vaqtida sodir etilgan. Otishmani sodir etgan 64 yoshli Stiven Peddok qo‘lidan 50 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 400 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Bosqinchining o‘zi ham o‘lgan. Ushbu fojia AQShda eng ko‘p qurbonlarga olib kelgan otishma bo‘ldi.

Top