21:10 / 03.10.2017
9841

Olmaota yaqinida samolyot falokatga uchrashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Olmaota yaqinida An-28 samolyoti borti yerga qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining favqulodda hodisalar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulov aytdi.

"Samolyot 2017 yil 3 oktabrda soat 19:15da Olmaota viloyatining Iliya tumanidagi  Mejdurechinsk qishlog‘i yaqinida sanaviatsiyaning An-28 samolyoti qulagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotda 5 kishi bo‘lgan va ularning barchasi haloq bo‘lgan", deb aytdi Imanqulov. 

Samolyot East Wing kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Samolyot yonayotgan holda Olmaotadan 28 km uzoqlikda topilgan. Samolyot Olmaota-Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitar reys amalga oshirayotgani ma'lum qilingan.  

Ma'lum qilinishicha, bortda ekipajning ikki a'zosi va ikki nafar doktor bo‘lgan. Ular bir kasalni tashiyotgan bo‘lganlar.

Mavzuga oid
Top