19:20 / 04.10.2017
14569

Iroqda 3 kunlik motam e'lon qilindi

Foto: Anadolu

Iroq hukumati mamlakatning avvalgi prezidenti Jalol Talaboniy vafoti munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qildi. Bu haqda Iroq bosh vaziri ma'muriyati ma'lum qildi.

Kurd va iroq davlat arbobi Jalol Talaboniy 3 oktabr kuni 83 yoshida Germaniyada vafot etdi. 

Talaboniy 2012 yilda insult kasalligini boshdan o‘tkazgandi.

U 2005 yildan 2014 yilgacha Iroq prezidenti bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top