22:28 / 04.10.2017
51308

Kongoda qulagan samolyotda O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan

Foto:REUTERS/Stringer

Kongo Demokratik Respublikasidagi halokatga uchragan samolyotda O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan. Bu haqida Rossiya TIV rahbari Mariya Zaxarova bergan ma'lumotga asoslanib, Regnum nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, samolyot parvozdan keyin deyarli darhol qulagan. 

Halokatning dastlabki sababi sifatida havo kemasining texnik nosozligi ko‘rsatilmoqda. 

Bundan tashqari, samolyotda Rossiyaning uch nafar fuqarosi, shuningdek Ukraina fuqarolari bo‘lganligi qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 30 sentabr kuni Kongoning Kinshasa shahrida An-12 harbiy-transport samolyoti halokatga uchragan. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida bu borada rasmiy xabar berilmadi.

Mavzuga oid
Top