08:23 / 04.10.2017
7623

Kuba AQShdan o‘z diplomatlarini chiqarib yuborilishiga izoh berdi

Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Kubaning Vashingtondagi elchixonasining 15 xodimining AQShdan chiqarib yuborilishi qarorini nomaqbul deb atadi. 

Uning fikricha, AQSh shoshqaloqlik qilgan, chunki AQShning Kubadagi elchixonasi xodimlarining "akustik hujumga uchrashi" ishi bo‘yicha tergov hali yakuniga yetmagan.

Bundan tashqari, "akustik hujumlar" amalga oshirilganining isbotlari yo‘q. Vazirning aytishicha, Kuba jabrlanganlarning sog‘lig‘i bo‘yicha hech qanday tibbiy xulosalar olmagan.

3 oktabrda Vashington Gavanadan AQShdagi elchixonasi xodimlari ni 15 kishiga qisqartirishni talab qilgan. Diplomatlar AQShni 7 kun ichida tark etishlari kerak.

Avgustda AQShning Gavanadagi elchixonasi xodimlari go‘yoki "shovqin hujumlari"ga uchragan. Oqibatda kamida 16 kishi jarohat olgan, ularda asab tizimi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Mavzuga oid
Top