10:00 / 04.10.2017
28143

Lavrov Rossiya-AQSh munosabatlari yomonlashishida kim aybdorligini aytdi

Foto: RIA Novosti / Kirill Kallinikov

Moskva Rossiya-AQSh munosabatlari boshi berk ko‘chadan chiqishiga umid qilmoqda va bu munosabatlarni sog‘lomlashtirish yo‘llarini qidirishga tayyor, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Hamkorligimizni ayni vaqtda sun'iy vujudga keltirilgan boshi berk ko‘chadan chiqarishga umid bor, biroq munosabatlarning kelajagi nafaqat bizga, balki AQShga ham bog‘liq", deb aytdi Lavrov "Ash Sharq Al-Avsat" nashriga bergan intervyusida.

"Rossiya o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida AQShning yangi ma'muriyati bilan munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini izlashga tayyor. Afsuski hozircha, ikki tomonlama aloqalar AQSh yuqori doiralaridagi o‘zaro ziddiyatlar asiri bo‘lib qolmoqda", deb qo‘shimcha qilgan Lavrov.

Uning aytishicha, munosabatlarning bunday tubanlashishida Rossiyaning aybi yo‘q. "Bu hamkorlik poydevorini barbod qilgan Barak Obama ma'muriyati siyosatining bevosita oqibatidir. U ketishidan oldin vorislari hayotini murakkablashtirish uchun bu munosabatlar ostiga uzoq muddatli mina qo‘yib ketdi", deb aytgan Lavrov. 

Top