23:17 / 04.10.2017
22558

Video: Tereza Mey jonli efirda «iste'foga chiqarildi»

Britaniyalik komediant Saymon Brodkin Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi s'yezdida qo‘riqchilar orasidan o‘tib, u yerda nutq so‘zlayotgan bosh vazir Tereza Meyga P45 shaklini berdi. P45 — yollanma ishchi boshqa ish joyiga o‘tganda to‘ldiradigan soliq hujjati. 

Bir necha soniyadan keyin xavfsizlik xodimlari Brodkinni qo‘lga olib, uni s'yezd o‘tayotgan zaldan olib chiqishgan. 

Kommediantning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, u bosh vazir Tereza Meyga Birlashgan Qirollik tashqi ishlar vaziri hamda Brexit tarafdorlaridan biri Boris Jonsonning xatini topshirmoqchi bo‘lgan. Ta'kidlash joizki, Boris Jonson Meyning Yevroittifoqdan chiqishga doir pozitsiyasiga faol qarshi chiqib keladi. 

Top