12:55 / 04.10.2017
34374

«Real» 200 million yevroga hujumchi sotib olmoqchi

Madridning «Real» klubi 2018 yilning yozida «Tottenhem» hujumchisi Harri Keynni sotib olishga urinib ko‘radi. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, madridliklar hujumchi uchun 200 million yevro (177 mln funt) to‘lashga tayyor bo‘lib turishibdi. 24 yoshli Angliya terma jamoasi to‘purarini sotib olish uchun sarflanadigan pulning bir qismi Karim Benzema yoki Garet Beyldan birini sotish orqali qo‘lga kiritilishi mumkin.

2016/17 yilgi mavsumda Keyn Angliya Premer-ligasida 30 uchrashuvda 29 gol kiritib eng yaxshi to‘purar bo‘lgandi. U shuningdek muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, APLda yil futbolchisi bo‘lgan.

Top