18:25 / 05.10.2017
33994

Eng yaxshi kameraga ega smartfon aniqlandi

Foto: Flashfly

Kameralarni sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan DxOMark studiyasi Samsung Galaxy Note 8 flagman smartfonini tadqiq qildi. Yaqindagina o‘tkazilgan test sinovlarida mutaxassislar iPhone 8 Plus qurilmasining aniq ustunligini tan olishdi. Biroq koreys fableti sinovlaridan keyin reytingdagi yetakchilar soni ikkitaga yetdi, zero ularning ikkisi ham maksimal 100 balldan 94 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, bu ikki smartfonning foto- va video-imkoniyatlari farqlanadi. 

Galaxy Note 8 va iPhone 8 Plus smartfonlari ikki  kamerali qurilmalar uchun maxsus ishlangan test sinovidan o‘tkazildi. Ta'kidlash joizki, ikki smartfon ham fonni xiralashtirish imkoni va optik zumga ega portret rejim funksiyasini olgan. Buning uchun koreys smartfoni yirik 1.4-mkm pikselli ikki 12 megapikselli modul bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, smartfon avtofokusli PDAF bilan jihozlangan hamda Auto HDR tasvirning optik stabilizatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Galaxy Note 8'ning umumiy yakunlari  asosiy raqibi iPhone 8 Plus'niki kabi 94 ball bo‘lsa-da, fotos'yomka uchun alohida baholash jarayonida koreys qurilmasi maksimal 100 ball olishga muvaffaq bo‘ldi. iPhone 8 Plus'da esa bu ko‘rsatkich 96 ballni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid
Top