20:50 / 05.10.2017
7109

Google yangi transformer-noutbukini namoyish etdi

Google yangi Pixelbook noutbukini taqdim etdi. Kompaniya 4 oktabr kuni yangi qurilma haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi. 

Foto: The Verge

Pixelbook 12,3 dyuymli sensor displey, Intel Core i5 va i7 protsessorlari va 16 Gb operativ xotira bilan ta'minlangan. 

Noutbuk bir zaryadda 10 soatgacha ishlaydi, 15 daqiqalik quvvat esa ikki soatlik avtonom faoliyatni ta'minlaydi. Kompaniya Pixelbook bilan birga Pixelbook Pen stilusini ham taqdim etdi.

Foto: The Verge

Qurilma Chrome OS operatsion tizimi va «Ok, Google»buyrug‘i bilan ishga tushuvchi Google Assistant ovozli yordamchisiga ega bo‘ldi. Pixelbook shuningdek Google Play'dagi Instagram yoki Spotify kabi qator mobil ilovalar bilan ishlay oladi. 

Pixelbook noutbukining AQShdagi narxi - 999 dollarni, stilus bahosi esa 99 dollrni tashkil qiladi. Qurilmaga 4 oktabrdan buyurtma berilmoqda. 

Mavzuga oid
Top