08:26 / 05.10.2017
44382

Internetda kayman timsohi va yaguarning ayovsiz olishuvi videosi paydo bo‘ldi

Internetda Braziliyadagi Panatala degan joyda kayman turidagi timsoh va yaguarning ayovsiz olishuvi videosi paydo bo‘ldi. Britaniyalik suratkash Kris Brunskill tomondan tasvirga olingan video tvitterda joylashtirildi.

Videoda yaguar pisib kelib kaymanga tashlanib, uni suv ostiga tortib ketganini ko‘rish mumkin. Bir lahzaga ikki jonzot ham suv ostiga g‘arq bo‘ladi, biroq biroz fursatdan keyin olishuv yana suv sirtida davom etadi. Bu olishuvda yaguar g‘olib chiqdi: u kaymanni jag‘lari bilan bo‘g‘izlagancha sohilga tortib chiqara boshlagan.

Kaymanlar timsohlarning kichik o‘lchamli vakillari bo‘lib, uzunligi kam hollarda 2 metrdan oshadi. Bu sudralib yuruvchilar asosan Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan.

Top