22:50 / 05.10.2017
16325

Saudiya Arabistoni Rossiya bilan S-400 tizimlarini sotib olishga kelishib oldi

Foto: Vitaliy Nevar / TASS

Saudiya Arabistonining rahbariyati Moskvaga tashrifi vaqtida Rossiya hukumati bilan S-400 raketa-zenit majmualarini sotib olish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar bermoqda.

"Ushbu bitim qirollikka dunyodagi eng zamonaviy raketalarga qarshi mudofaa tizimini xarid qilish imkonini beradi", deyilgan xabarda.

Ushbu axborotni "Almaz-Antey" mudofaa korxonasidagi manba ham tasdiqlagan. Uning aytishicha, bir yil avval Rossiyada ushbu tizimlarni yetkazib berish bo‘yicha 5 ta shartnoma, jumladan xaridorlar orasida saudiyaliklar bo‘lishiga hech kim ishonqiramagan.

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Moskvaga 4 oktabr kechki vaqt yetib keldi. 5 oktabrda podshoh va uning qo‘l ostidagilar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va rossiyalik vazirlar bilan uchrashishdi. Bu tashrif saudiyalik qirollarning Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ldi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr podshohning tashrifini "tarixiy" deb atadi. Ikki davlat vakillari muzokaralar natijalariga ko‘ra bir qator shartnomalar tuzishdi.

Top