10:10 / 06.10.2017
10430

JCh-2018 saralashi. KONMeBOL mintaqasida 9-tur uchrashuvlari

KONMeBOL mintaqasida 2018 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun saralash o‘yinlar doirasida 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Argentina bu turda Peru darvozasiga yo‘l topa olmadi (0:0) va oltinchi o‘ringa tushib ketib, turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkoniyatlarini keskin pasaytirdi.

Muddatidan avval yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan Braziliya terma jamoasi esa Boliviya tog‘lariga safar qildi va 0:0 hisobidagi durang bilan qaytdi. Ayni vaqtda Braziliya 38 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinda qolmoqda. Mundialdan umid uzib bo‘lgan Boliviya 14 ochkosi bilan oxirgidan oldingi o‘rinda.

Urugvay va Venesuela terma jamoalari uchrashuvida ham g‘olib aniqlanmadi. San-Kristobal shahrida kechgan uchrashuvda ham gol urilmadi - 0:0. Endilikda Urugvay 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolgan, Venesuela 9 ochkosi bilan oxirgi o‘rinda qoldi. 

9-turdan oldin uchinchi o‘rinda bo‘lgan Kolumbiya futbolchilari Paragvayni qabul qildi va 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Barrankileda kechgan uchrashuvning 79-daqiqasida Radamel Falkao gol urgandi, ammo o‘yin oxirida Oskar Kardoso (89) va Antonio Sanabriya (90+2) bittadan gol urishdi. Natijada kolumbiyaliklar turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib qolishdi (26 ochko), Paragvay yettinchi o‘rinda (24 ochko).

Chili esa Ekvador ustidan g‘alabaga erishdi, mezbonlar safida Eduardo Vargas (22) va Aleksis Sanches (85) gol urdi, mehmonlarning goliga Renato Ibarra (82) muallif bo‘ldi.

Endi oxirgi tur oldidan Chili oltinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi (26 ochko), Ekvador 20 ochkosi bilan 8-o‘rinda qoldi va Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatiga borishdan umid uzdi. 

Reglamentga ko‘ra Janubiy Amerikadan 2018 yilgi jahon chempionatiga guruhdagi dastlabki 5 terma jamoa yo‘l oladi, beshinchi o‘rin sohibi esa pley-offda Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2018 saralashi
Janubiy Amerika
17-tur

Argentina – Peru 0:0 (0:0, 0:0)
Argentina – Romero, Otamendi, Maskerano, Merkado, Akunya, Bigliya, Banega (Gago, 60; Peres, 66), Gomes, Di Mariya (Rigoni, 46), Benedetto, Messi.
Peru – Galese, Rodriges, Arauxo, Trauko, Yotun, Penya (Kartaxena, 53), Tapiya (Akino, 78), Farfan (Polo, 70), Korso, Flores, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Bigliya (14), Farfan (22), Tapiya (37), Gerrero (60), Akunya (90).

Boliviya – Braziliya 0:0 (0:0, 0:0)
Boliviya – Lampe, Morales, Valverde, Guterres, Bexarano, Machado, Xustiniano (Kastro, 46), Raldes, Ferro (Alvares, 58), Moreno, Arse (Sausedo, 79).
Braziliya – Alisson, Tiago Silva (Markinos, 29), Miranda, Aleks Sandro, Dani Alves, Kazemiro, Renato Augusto, Paulino (Fernandino, 82), Koutino (Villian, 66), Neymar, Gabriel Jyezus.
Ogohlantirish: Valverde (69).

Venesuela – Urugvay 0:0 (0:0, 0:0)
Venesuela – Farines, Chanselor, Kixada, Garsiya, Vilyanueva, Kordova (Soteldo, 80), Rinkon, Martines (Otero, 69), Moreno, Murilo (Lusena, 83), Rondon.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Pereyra, Godin, Nandes (Gonsales, 83), Valverde (de Arraskaeta, 79), Vesino, Rodriges (Bentankur, 65), Kavani, Suares.
Ogohlantirish: Vilyanueva (43), Nandes (62), Rinkon (86).

Kolumbiya – Paragvay 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 79 Falkao, 1:1 – 89 Kardoso, 1:2 – 90 Sanabriya.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra, Aryas, Sanches, Sanches, Agilyar (Barrios, 86), Xames, Kuadrado (Guterres, 63), Kardona (Chara, 75), Falkao.
Paragvay – Silva, Balbuena, Valdes, Samudio (Kardoso, 77), Moreyra (Sanabriya, 55), Ortis, Kaseres (Piris, 38), Romero, Gomes, Romero, Gonsales.
Ogohlantirishlar: Ortis (10), Fabra (12), Sapata (27), Gonsales (39), Valdes (57), Falkao (86), Piris (87).

Chili – Ekvador 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 22 Vargas, 1:1 – 84 Ibarra, 2:1 – 85 Sanches.
Chili – Bravo, Xara, Medel, Mena, Valdiviya (Guterres, 83), Ernandes, Sanches, Vidal, Vargas (Rodriges, 80), Silva (Pulgar, 90), Isla.
Ekvador – Bangera, Ramires (Ibarra, 82), Arboleda, Aymar, Valensiya, Intriago (Murilo, 76), Presiado (Garses, 46), Orexuela, Ibarra, Arroyo, Ordones.
Ogohlantirishlar: Valdiviya (25), Silva (51), Vidal (59), Valensiya (66), Ibarra (67).

Mavzuga oid
Top