02:42 / 06.10.2017
8231

JCh-2018. Shkrtelning avtogoli Slovakiyani 3-o‘ringa tushirib yubordi

Foto: Reuters

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichining F guruhida Angliya o‘z maydonida Sloveniyani qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol Keyn tomonidan o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 4-daqiqada kiritildi. 

Guruhdagi yana bir uchrashuvda Shotlandiya o‘z maydonida Slovakiyani qabul qildi. Guruhda 2-o‘rin uchun kurashayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. 89-daqiqada Shkrtel o‘z darvozasiga gol urib, mezbonlarga g‘alabani taqdim etdi. 

Guruh autsayderlari bo‘lgan Malta hamda Litva terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

F guruhi

Angliya – Sloveniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Keyn.
Angliya – Xart, Stounz, Bertran, Uoker, Keyxill, Oksleyd-Chemberlen (Lingard, 64), Dayyer, Xenderson, Sterling (Kin, 85), Reshford, Keyn.
Sloveniya – Oblak, Mevlya, Yokich, Struna, Tsesar, Rotman (Matavj, 79), Krxin, Ilichich, Verbich, Shporar (Birsa, 55), Bezyak (Repas, 72).
Ogohlantirishlar: Krxin (38), Stounz (44), Mevlya (45), Rotman (51), Struna (86), Birsa (90).

Shotlandiya – Slovakiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89, avtogol Shkrtel.
Shotlandiya – Gordon, Malgryu, Robertson, Tirni (Anya, 82), Berra, Bennan, Fletcher (Makartur, 79), Forrest (Martin, 61), Morrison, Fillips, Griffits.
Slovakiya – Dubravka, Shkrtel, Gubochan, Pekarik, Dyuritsa, Lobotka, Gregush, Gamshik (Duda, 79), Kutska (Domber, 80), Mak, Nemets (Vayss, 79).
Ogohlantirishlar: Mak (17), Gamshik (21), Kutska (21), Morrison (70), Bennan (90).
Chetlatish: Mak (23).

Malta – Litva 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 23 Ajius, 1:1 – 53 Slivka.
Malta – Xogg, Borg, Kamilleri, Tserafa, Ajius, Gembin (Borg, 86), Muskat, Fenech (Attard, 90), Effiong, Pizani, Shembri (Feylla, 46).
Litva – Zubas, Girdvaynis, Mikutskis, Andryushkyavichyus, Vaytkunas, Kuklis, Slivka, Valskis (Papshis, 46), Chernyx, Matulyavichyus (Spalvis, 80), Novikovas.
Ogohlantirishlar: Kuklis (22), Girdvaynis (42), Muskat (74).

Top