21:32 / 07.10.2017
14590

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6 oktabrdagi qaroriga muvofiq,  Mirodil Sangilov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziriga o‘rinbosar, "Xavfsiz shahar" majmuasini yaratish loyihasini amalga oshirishga javobgar shaxs etib tayinlandi.

Foto: ccitt.uz

Bu lavozim O‘zbekiston Prezidentining 29 avgustdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan kiritilgandi. 

Top