21:05 / 08.10.2017
10782

Andijonda Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro boks musobaqasi yakunlandi

Foto: KUN.UZ

Har yili  Andijonda o‘zbek boksi maktabi rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy  V.I. Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan an'anaviy xalqaro boks musobaqasi o‘tkaziladi.  

Bu yil o‘ninchi bor o‘tkazilgan turnirda O‘zbekistonning barcha viloyatlari hamda  qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan 180 nafar sportchilar ishtirok etdilar. 

10 ta erkaklar va 5 ta ayollar vazn toifalarida bo‘lib o‘tgan janglar keskin kurashlarga boy  tarzda o‘tdi. Ayniqsa, 49 kilogramm vaznda Toshkent viloyati vakili Sherzod Parpiyev va andijonlik Abror Abdusalomov, 69 kilogramm vaznda qoraqalpog‘istonlik Furqat Shomuratov va mezbon jamoa vakili Sirojiddin Shodiljonovlarning final uchrashuvlari yodda qoladigan lahzalarni taqdim etdi.

Musobaqa yakuniga  ko‘ra, jamoa hisobida Andijon viloyati vakillari 1-o‘rinni, Farg‘onalik bokschilari 2- o‘rinni, Toshkent viloyati jamoasi 3-o‘rinni egalladi.    

G‘olib va sovrindorlar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.   

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid
Top