19:10 / 08.10.2017
27547

Ukani mag‘lub etgan bokschi endi akani ringga chorlamoqda

Foto: AP Photo/Martin Meissner, File

Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida uch yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni, britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini tugatib, ayni vaqtda Kiyev meri lavozimini egallayotgan ukrainalik sobiq bokschi Vitaliy Klichko bilan jang o‘tkazishga qiziqish bildirmoqda. 

2015 yil noyabrda Germaniyada o‘tgan 12-raundlik jangda Fyuri Vitaliyning ukasi Vladimirni hakamlarning bir ovozli qarori bilan mag‘lub etib, IBF, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgandi.  

Keyinroq britaniyalik unvonlarini himoya qilishdan bosh tortgani uchun IBF unvonidan mahrum etilgan. 2016 yil yozda uning doping-namunasi kokain moddasiga ijobiy natija bergan.

Avvalroq faoliyatini yakunlagan Fyuri doping bilan bog‘liq taftishdan keyin katta sportga qaytmoqchiligi ma'lum qilingandi.

Top