17:10 / 08.10.2017
10127

Vodorodda harakatlanuvchi ilk tijorat elektrobayki ishlab chiqildi

Foto: Pragma Industries

Pragma Industries kompaniyasi ekologik sayohat tarafdorlarini Alpha 2.0 elektrobayki bilan xursand qildi. Model yonilg‘i sifatida vodorodli hujayralardan foydalanadi - Pedelec yonilg‘i elementi kompaniyaning shaxsiy ishlanmasi hisoblanadi. 

Boshqa elektrobayklarga nisbatan "kamtar" hisoblangan 150 Vts quvvatga ega bo‘lgan model qo‘shimcha quvvatlanishsiz 100 kilometrgacha harakatlana oladi. Bunday masofadagi yo‘nalishga 2 litr siqilgan vodorod sarflanadi. Yangi transportning maksimal tezligi 25 km/soatni tashkil qiladi. 

Foto: Pragma Industries 
Foto: Pragma Industries 

Qurilmani rozetkadan quvvatlantirishga hojat yo‘q. Quvvatlanish uchun bir necha soat emas, atigi 2 daqiqa ketadi, bunda tashqi muhit harorati jarayonni sekinlashtirmaydi. Energiyani qayta tiklash uchun suv quvuri va elektr tarmog‘iga ulanishning o‘zi kifoya qiladi - Atawey kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan kichik elektrostansiya gidroliz jarayonini ishga tushiradi. 

Foto: Pragma Industries 
Foto: Pragma Industries 

Ishlab chiqaruvchilarga energiyadan oqilona foydalanish va ekologik mobillikdan manfaatdor investorlarni topishgina qoldi. Muvaffaqiyatli bitim imzolangan taqdirda, Alpha 2.0 elektrobaykini ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Uning taxminiy narxiga doir ma'lumotlar yo‘q.

Top