20:50 / 08.10.2017
16650

Janubiy Koreya Shimolga qarshi grafit bombasi qo‘llamoqchi

Foto: EPA

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya elektr tarmoqlarini izdan chiqara oladigan grafit bombasini yaratish texnologiyalariga ega. Bu haqda harbiy idoralardagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda. Manbaning aytishicha, Janubiy Koreya bunday bombani istalgan vaqt qura oladi. 

"Mudofaa ishlanmalari agentligi tomondan grafit bombasini tayyorlash uchun barcha texnologiyalar olingan. Hozir biz bu bombani istalgan vaqtda qura oladigan bosqichdamiz", deb aytgan noma'lum harbiy amaldor.

Janubiy Koreya bu bombani Shimoliy Koreyaga qarshi ogohlantiruvchi chora sifatida qo‘llashni o‘ylamoqda. Bu bomba portlaganda havoda grafit tolalar tarqaladi. Bu tolalar elektr ta'minoti liniyalariga tushganda, qisqa tutashuv keltirib chiqaradi va elektr ta'minotini izdan chiqaradi. Bunday qurol Fors ko‘rfazi va Yugoslaviyadagi urush vaqtida qo‘llangan. Bomba o‘lim quroli hisoblanmaydi.

Mavzuga oid
Top