13:25 / 09.10.2017
10615

Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya va Saudiya Arabistoni S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish haqida kelishib oldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmati vakili Mariya Vorobyovaga asosan.

Shuningdek, Ar-Riyod Moskvadan "Kornet-EM" tanklarga qarshi raketa majmualari, TOS-1A "Buratino" og‘ir  o‘tsochar tizimlari, AGS-30 granata otadigan quroli va Kalashnikov AK-103 avtomatlarini sotib oladi.

Bundan tashqari, Rosoboroneksport va Saudiya harbiy-sanoat kompaniyasi qirollikda AK-103 va unga o‘qlarni litsenziya asosida ishlab chiqarish uchun shartnoma imzoladi.

O‘tgan hafta Pentagon Ar-Riyodda S-400 majmualarini sotib olish niyati borligidan tashvishda ekanini bildirgandi. Ma'lum qilinishicha, «ushbu tizimlar Amerikada ishlab chiqarilgan tizimlar bilan nomuvofiqdir».

Kreml esa, o‘z navbatida, Rossiya va Saudiya Arabistonining mudofaa sohasidagi hamkorligi uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmagani, «dunyo va mintaqada barqarorlikni» ta'minlash uchun mo‘ljallanganligini ta'kidlab o‘tdi.

Top