Ispaniyaning Barselona shahri meri Ada Kolau Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lish g‘oyasiga qarshi ekanini ma'lum qildi. Bu haqda qirollikda chop etiladigan El Pais nashri yozmoqda.
«1 oktabr kuni olingan natijalar mustaqillik e'lon qilish uchun asos bo‘la olmaydi», — degan shahar hokimi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniyada bo‘layotgan barcha voqealar «Ispaniyaning demokratiyaga o‘tgan lahzasidan boshlab eng jiddiy instituttsiyaviy inqiroz hisoblanadi».