13:50 / 10.10.2017
11666

Foto: Islandiya prezidenti Kosovoga qarshi o‘yinni oddiy muxlislar qatorida tomosha qildi

Islandiya prezidenti Gudni Yoxansson JCh-2018 saralashi doirasida Kosovoga qarshi kechgan o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurdi. Bu uchrashuv islandlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va terma jamoa o‘z tarixida ilk marta jahon chempionatiga chiqdi. 

Qayd etilishicha, davlat rahbari o‘yinni VIP-lojada emas, oddiy muxlislar qatorida tomosha qilgan.

Yoxansson 2016 yil avgustida o‘tkazilgan saylovlarda mustaqil nomzod sifatida qatnashgan va g‘alaba qozongandi.

Islandiya terma jamoasi mundialda ishtirok etadigan aholisi eng kam davlat terma jamoasi sifatida jahon chempionatlari tarixiga kirdi.

Mavzuga oid
Top