14:47 / 10.10.2017
9648

Hyundai o‘ta tejamkor Ioniq ishlab chiqdi

Foto: HyperEconiq Ioniq

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi va Bisimoto Engineering muhandislari HyperEconiq Ioniq kontseptini ishlab chiqish uchun sa'y-harakatlarini birlashtirdi. Innovatsiyaviy prototipda yoqilg‘ini imkon qadar ko‘proq tejash tizimlari uyg‘unlashtirilgan. Bundan tashqari, ajoyib samaradorlik va qulay boshqaruvni ta'minlaydigan ilg‘or texnologiyalar  mujassamlashtirilgan. 

«Biz yuksak elektrlashtirilgan platforma va Ioniq kuch qurilmasiga tayangan holda yuqori samaradorlik, aerodinamika va dizayn bilan bog‘liq qator texnik tomonlarga e'tibor qaratdik», — degan Bisimoto Engineering rahbari Bisi Ezerioxa.

Foto: HyperEconiq Ioniq

HyperEconiq kontseptiga Bisimoto kompaniyasining impuls-kamerali tutun chiqarish tizimi, Racepak elektron kuzatuv tizimi, maxsus ishqalanishni kamaytiruvchi PurOl Elite ekomoyi, tebranishlarga kamroq qarshilik qiluvchi shinalar, alyuminiydan yasalgan Buddy Club tormoz yordamchilari, Recaro Pole Position poyga o‘rindiqlari, Carbon Revolution karbonli g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

Foto: HyperEconiq Ioniq

Bundan tashqari, prototipga aerodinamik Bisimoto Dream Aero kuzov obvesi o‘rnatildi. Uning to‘plamiga old splitter, yon qanotga qarshilik, yon splitterlar, orqa g‘ildiraklar qalpoqchalari, Progress Performance podveskasi hamda boshqa qator o‘zgartishlar kiradi. 

Top