22:40 / 10.10.2017
10888

OAV: Ispaniya politsiyasi Kataloniya rahbarini hibsga olishga shay holatda turibdi

Foto: Reuters

Ispaniya politsiyasi Kataloniya rahbari Karles Puchdemonni agar u muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilsa, hibsga olishga tayyor turibdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

Manbalardan birining aytishicha, bu haqda buyruq hali berilmagan, biroq Barselonada mahalliy politsiyachilar tomondan qarshilik ko‘rsatilishi mumkinligiga qaramay, bu topshiriqni bajarishga shay turgan maxsus bo‘limlar xodimlari bor.

10 oktabrda Puchdemonning Kataloniya parlamentida nutq so‘zlashi belgilangandi. U bu nutqi davomida Kataloniya mustaqilligini e'lon qilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top