08:57 / 10.10.2017
5676

Poroshenko Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari o‘rinbosarini ishdan oldi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari o‘rinbosari Pavel Pashkovskiyni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezidentning rasmiy saytida xabar qilinmoqda

«Pashkovskiy Pavel Nikolayevich Ukraina tashqi razvedka xizmati raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin», - deyiladi farmonda. 

Pashkovskiy 2014 yil martida Ukraina prezidenti v.b. Aleksandr Turchinov tomonidan ushbu lavozimga tayinlangan edi. 

Poroshenko shu yilning sentabr oyida 37 yoshli Yegor Bojkani Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari etib tayinlagandi.

Top