20:30 / 10.10.2017
11838

«O‘zbekiston havo yo‘llari» nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi xalqaro aeroportda joylashgan «Sama Sama Hotel KL» mehmonxonasida o‘n ikkinchi «KLIA Awards 2016» mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «Markaziy Osiyoda yo‘lovchilar tashish bo‘yicha yilning eng yaxshi xorijiy aviakompaniyasi» yo‘nalishida g‘olib deb topildi. Bu haqda KUN.UZ’ga MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofot «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakillariga Kuala-Lumpur shahrida Malayziya aeroportlar Assotsiatsiyasi boshqaruvchi direktori Datuk Badlisham G‘azaliy tomonidan topshirildi. Uning qayd etishicha, O‘zbekiton milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib KLIA xalqaro aeroportiga «orzular layneri» - Boeing 787 Dreamliner’da muntazam parvozlarni amalga oshirdi.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

KLIA Awards mukofoti har yili Malayziya aeroportlari ma'muriyati — «Malaysia Airports Holding Berhad» tomonidan topshiriladi.  

Top