12:52 / 11.10.2017
79402

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida vaziyat murakkablashdi

Foto: knews.kg

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida vaziyat biroz murakkab bo‘lib turibdi. Bu haqda AKIpress xabar bergan.

Kecha kechqurun «Oq yo‘l» nazorat-o‘tkazish punktida tirbandlik va chegaradan o‘tib keta olmagan ko‘plab odamlar to‘planib qolgan.

AKIpress muxbirlari voqea joyiga yo‘l olishgan.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati Qozog‘iston bilan chegaradagi vaziyatga izoh berdi.

2017 yilning 10 oktabri soat 18:00dan Qirg‘iziston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida transport vositalari hamda shaxslarni o‘tkazish qirg‘izlar tomonidan kuchaytirilgan variantda amalga oshirilmoqda. Shu sababdan yo‘lovchi, yuk va transport vositalarining davlat chegarasi orqali oqimi ko‘paygan.

Shuningdek, 2017 yilning 10 oktabri soat 20:00dan boshlab Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati mamlakat prezidentligi saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida kuchaytirilgan variantga o‘tdi.

Qirg‘iziston tomonidan chegara nazoratini o‘tish chog‘ida hech qanday cheklovlar yo‘qligi aytilmoqda.

Mavzu
Qirg‘iziston-Qozog‘iston munosabatlari

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovi arafasida Almazbek Atambayev qo‘shni davlat siyosatlarini bir necha marta qoralab chiqdi. Bunga javoban Qozog‘iston hukumati chegarada qirg‘izistonliklarni to‘xtatib qola boshladi

Barchasi
Mavzuga oid
Top