08:13 / 11.10.2017
7863

AQSh JCh-2018’ga chiqa olmadi, panamaliklar musobaqada ilk bor qatnashadi

JCh-2018 saralash bosqichining KONKAKAF mintaqasi so‘nggi turi kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. So‘nggi mundiallarning doimiy ishtirokchisi AQSh terma jamoasi bu safar vazifani uddalay olmadi.

Trinidad va Tobago mehmoni bo‘lgan amerikaliklar kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Bundan esa Panama va Honduras terma jamoalari unumli foydalanib qolishdi. Panama barcha masalani hal qilib bo‘lgan Kosta-Rikani mag‘lub etib, JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan bo‘lsa, Honduras qit'alararo saralash bosqichida Osiyo vakili Avstraliya bilan yagona yo‘llanma uchun maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

JCh-2018 saralash bosqichi, KONKAKAF
10-tur

Honduras – Meksika 3:2 (1:2)
Gollar:
 0:1 – 17 Peralta, 1:1 – 34 Elis, 1:2 – 39 Vela, 2:2 – 54, avtogol Ochoa, 3:2 – 60 Kioto.
Honduras: Eskober, Figeroa, Alvarado, Bekeles, Figeroa, Lopes (Palasios, 88), Mexiya, Klaros (Akosta, 69), Kioto, Elis, Ernandes.
Meksika: Ochoa, Layyun, Arauxo, Alanis (Korona, 67), Ayyala, Galyardo, Dos Santos (Alvares, 46), Errera, Vela (Guardado, 59), Peralta, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Dos Santos (42), Alvares (75), Elis (79), Alvarado (90).

Panama – Kosta-Rika 2:1 (0:1)
Gollar:
 0:1 – 36 Venegas, 1:1 – 53 Torres, 2:1 – 88 Torres.
Panama: Penedo, Torres, Eskobar, Ovale, Machado, Gomes (Kuper, 52), Kintero, Barsenas (Texada, 51), Godoy, Torres (Arroyo, 78), Peres.
Kosta-Rika: Pemberton, Matarrita (Gonsales, 75), Guterres, Salvaterra, Kalvo, Uolles, Borxes, Venegas, Gusman (Asofeyfa, 63), Ruis (Urenya, 69), Umanya.
Ogohlantirishlar: Gusman (59), Torres (90), Texada (90).

Trinidad va Tobago – AQSh 2:1 (2:0)
Gollar:
 1:0 – 17, avtogol Gonsales, 2:0 – 37 Jons, 2:1 – 47 Pulishich.
Trinidad va Tobago: Fonsett, Gonsales, Sayrus, Jons, Xodj (Vilyarroel, 82), Lyuis, Pol, Garsiya (Djons, 72), Djordj, Uinchester (Sezar, 78), Xaylend.
AQSh: Hovard, Gonsales, Vilyafanya (Akosta, 72), Yyedlin, Bezler, Pulishich, Bredli, Nagbe (Feylxaber, 84), Arriola (Dempsi, 46), Altidor, Vud.
Ogohlantirishlar: Xodj (68), Gonsales (90), Djons (90), Bezler (90).

Mavzuga oid
Top