09:07 / 11.10.2017
7346

Levandovski Yevropa saralashida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi

Foto: Getty Images

JCh-2018 saralashi Yevropa mintaqasi to‘purari Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski bo‘ldi.

29 yoshli futbolchi 10 o‘yinda 16 gol urdi.  Bu esa Yevropa rekordi sanaladi.

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu oxirgi turda Shveytsariyaga qarshi o‘yinda gol ura olmadi va ikkinchi o‘rinda qoldi (9 o‘yinda 15 gol). Uchinchi o‘rinni belgiyaliklarning asosiy to‘purari Romelu Lukaku egalladi (8 o‘yinda 11 gol).

Qayd etish kerakki barcha 3 terma jamoa – Polsha, Portugaliya va Belgiya – 2018 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Top