12:57 / 11.10.2017
9697

Terma jamoa JChga chiqishi munosabati bilan Panama prezidenti dam olish kuni e'lon qildi

Panama prezidenti Xuan Karlos Varela futbol bo‘yicha Panama terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan so‘ng 11 oktabr, chorshanba kunini butun mamlakatda dam olish kuni deb e'lon qilindi.

«Ertaga milliy bayram kuni. Bu bizning mamlakatimiz uchun tarixiy kun. Ertaga xususiy korxonalarda ham, davlat ishxonalarida ham ish bo‘lmaydi. Xususiy va davlat ishxonalarida ham mashg‘ulotlar bekor qilinadi. Fuqarolar xursandchilikni oila davrasida nishonlashsin» , deya yozgan prezident tvitterdagi sahifasida.

Panama terma jamoasi Kosta-Rika ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida birinchi marta mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid
Top